Faxriyorning she’riy tarjimalari

Authors

  • Habiba Ergashova tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Keywords:

Faxriyor, tarjima, poetik matn, san'at, ijodkor, uslub, tarjimashunoslik.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she'riyatida o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan ijodkor Faxriyorning she'riy tarjimalari tadqiq etilgan. Ijodkor Edgar Allan Po (AQSh), Frans Klod de Kreyen (Fransiya), Uolter Skott (Shotlandiya), Atanas Vanchev de Greyasi (Fransiya) kabi daho ijodkorlar tarjimalar qilgan. Ushbu tarjimalar janr va mavzu ko‘lamiga ko‘ra rang-barangdir. Tarjimadan ko‘zlangan asosiy maqsad esa muallif uslubini, emotsional-ekspressiv bo‘yoqlarni, fikrning teranligini va g‘oyasini boshqa tilda bo‘lsa-da, asliday yetkazib berishdir. Maqolada tarjima she'rlarning poetik xususiyatlari, jumladan, badiiy tasvir vositalari, misra va qofiya tuzilishi, ritm belgilari atroflicha tahlil qilingan. Tarjimalar orasida san'at va san'atkor haqidagi she'rlar alohida ahamiyat kasb etadi. Sanoat va badiiy tarjima Faxriyorning o‘z ijodida ham boshqa janrlarga qaraganda ko‘proq salmoqqa ega.

Author Biography

Habiba Ergashova, tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Downloads

Published

2026-09-16