Archives

  • O'zbekiston: til va madaniyat - Adabiyotshunoslik
    Vol. 2 No. 02 (2025)

    “Adabiyotshunoslik” – “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnalining
    adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi seriyasi bo‘lib, yilda to‘rt marta nashr
    etiladi.
    Jurnalning “Adabiyotshunoslik” seriyasida o‘zbek va jahon
    adabiyoti tarixi, xalq og‘zaki ijodi, adabiyot nazariyasi, o‘zbek mumtoz
    adabiyotining qo‘lyozma manbalari va matnshunoslik muammolari,
    jadidchilik va jadid adabiyoti, zamonaviy adabiy jarayon, adabiy tanqid
    hamda qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi eng yangi tadqiqotlar
    e’lon qilinadi. O‘zbek va jahon adabiyotshunosligi erishgan so‘nggi
    yutuqlari aks etgan ilmiy maqolalarni nashr etishga alohida diqqat
    qaratiladi. Maqolalarning ilmiy saviyasi va tahliliy quvvati yuqori
    bo‘lishiga e’tibor beriladi.
    “Adabiyotshunoslik” seriyasida O‘zbekiston va xorijiy
    davlatlarning e’tirof etilgan atoqli olimlari, oliy o‘quv yurtlari
    professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda
    magistrantlarning ilmiy maqolalari nashr etiladi.
    “Adabiyotshunoslik” seriyasi 2022-yil yanvar oyidan chiqa
    boshlagan.