Ahmad Tabibiyning mustazod she’rlarga bog‘langan taxmislari
Keywords:
Alisher Navoiy, Ahmad Tabibiy, Munis, Ogahiy, Komil mustazod, muxammas, fors adabiyoti, turkiy adabiyot, matn.Abstract
Mustazod o‘ziga xos lirik janr sifatida o‘zbek adabiyotida alohida o‘ringa ega. Turkiy adabiyotda dastlabki mustazodlar Hofiz Xorazmiy, Gadoiy, Alisher Navoiy ijodida uchraydi. Ogahiy bu janr yuzasidan o‘ziga xos yangilik kashf etgani ma’lum. O‘zbek mumtoz adabiyotida mustazodga muxammas bog‘lash an’anasi deyarli uchramaydi. Bunday hodisa forstojik adabiyotida mavjud ekani haqida ma’lumotlar bor.
ХIХ asr oxiri – ХХ asr boshlarida Xivada faoliyat olib brogan shoir Ahmad Tabibiy mumtoz adabiy an’analarni davom ettirish barobarida, badiiy ijodda o‘ziga xos yangiliklar qilgan. Uning Alisher Navoiy, Shermuhammad Munis, Muhammad Rizo Ogahiy, Komil Xorazmiy kabi ijodkorlar mustazodlariga muxammaslar bog‘laganini she’riyatdagi ana shunday o‘ziga xosliklardan biri sifatida ko‘rsatish mumkin. Tabibiy qalamiga mansub muxammasi mustazodning matni hozircha faqatgina Xivа “Ichаn qаl’а” dаvlаt muzey-qо‘riqxоnаsi fоndidаgi 5884/3 rаqаmli mаnbаda uchraydi
Ushbu maqolada mustazod janri va Ahmad Tabibiyning Alisher Navoiy, Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy kabi ijodkorlar mustazodiga yozgan muxammaslari yuzasidan mulohazalar bildirilgan va shoirning mustazod she’rlarga bog‘lagan jami to‘rt muxammasi matni tabdili to‘liq keltirilgan.