She’riyatda davr muammolari va ma’rifat talqini
Keywords:
Nozimaxonim, Hakima, Mutriba, ayol shoiralar, ma’rifatparvarlik, ijtimoiy adolat, milliy o‘zlik, mavzu va g‘oya, badiiy tafakkur, she’riyat.Abstract
Mazkur maqolada XX asr boshlari o‘zbek ayol shoiralari Nozimaxonim, Hakima, Mutriba va boshqa ijodkorlarning she’riy merosi tahlil etilib, ularning o‘zbek adabiy tafakkuri taraqqiyotidagi o‘rni ochib berilgan. Shoiralar asarlarida milliy o‘zlik, ma’rifat, ayolning ijtimoiy mavqei, yosh avlod tarbiyasi kabi dolzarb g‘oyalar poetik ifodasini topgani ilmiy asosda yoritilgan. Ular ijodida, xalq turmush tarzini haqqoniy, murakkab tashbeh va bezaklardan holi, sodda va aniq til orqali ifodalash an’analari rivojlandi. Ularning badiiy-estetik qarashlari, poetik tafakkuridagi yangilanishlar va jamiyatdagi o‘zgarishlarga munosabati tahliliy yondashuv asosida ochib berilgan. Maqolada poetik vositalar, janr xususiyatlari, ijtimoiy-falsafiy ruhning yuksalishi ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.