Tohir Malik asarlarida qatag‘on qurbonlari taqdirining aks etishi
Keywords:
qatag‘on qurbonlari, hikoya, siyosiy mahbus, qamoq, qissa, obraz, milliy fantastika, detektiv.Abstract
Mazur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin vakili, O‘zbekiston xalq qahramoni Tohir Malikning “Ov”, “So‘nggi o‘q” qissalari, “Shaytanat” romani va “Erkin” hikoyasida qatag‘on qurbonlari qismatining yoritilishi xususida fikr bildirilgan. Maqolada “xalq dushmani” tamg'asi bilan hibsga olinganlar, ularning ayollari, farzandlaring obrazlari tahlil etilgan, ilmiy adabiyotlardan statistik ma’lumotlar keltirilgan. Ma’lumki, Tohir Malik detiktiv, fantastika janrlarida ijod qilib, adabiyotimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan yozuvchilardan biri hisoblanadi. Maqolada adib qaysi janrda qalam tebratmasin, asarlarida o‘ttizinchi, elliginchi yillarning “siyosiy mahbus”lari qismati mohirona yoritib berilgani xususida so‘z yuritilgan. Shuningdek, “Shaytanat” qissasining o‘q ildizi ham mash’um qatag‘on siyosatining og‘ir oqibatlariga borib taqalishi ta’kidlangan.