Balladada tuyg‘u tasviri

Authors

  • Sarvinoz Rasulova
  • Madina Bolliyeva

Keywords:

ballada, katta va kichik janr, lirik tur, qahramon, qiyofa, polifoniya, ishqiy-qahramonlik, falsafiy talqin, mavzu, musiqiy janr.

Abstract

Mazur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi lirik tur va uning katta hamda kichik janrlari haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, musiqiy turning janrlaridan biri ballada hisoblanishi, ushbu janrning genezisi va tabiati to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltiriladi. Shoir Usmon Azim ballalarida hayot voqeligi, lirik qahramonning ichki kechinmalari ta’sirchan tarzda badiiy aks ettirilishi, voqelikka yuksak insonparvarlik nuqtayi nazaridan qaralishi to‘g‘risida fikr bildiriladi.
Shoirning “Kuz” to‘plamiga kiritilgan “Yomg‘ir haqida ballada”sida lirik qahramon “Yomg‘ir” ortida “Sog‘inch”, ya’ni “Sog‘ingan inson” qiyofasi yashirin ekanligi misollar bilan dalillanadi. Usmon Azim sog‘ingan inson qiyofasini yomg‘ir ortiga berkitadi va tuyg‘ular voqeligini mislararda bayon etadi. “Yanoqlari ho‘l” va “Oynaga yuz bosmish sog‘inchning yuzi” kabi misralarda inson qiyofasi tasvirini yaqqol ko‘rish mumkinligi maqolada juda yaxshi tahlil qilinadi.

Downloads

Published

2026-10-13