Abdurashid Nurmurodov ijodida urush mavzusining aks etishi

Authors

  • Dilovar Nurmuradova

Keywords:

urush mavzusi, o‘zbek adabiyoti, psixologik realizm, badiiy tasvir, “Qonli yo‘rgaklar”, “Qon hidi”, ruhiy jarohat, ichki konflikt, sotsiologik tahlil.

Abstract

Mazkur maqolada oʻzbek nasrining yirik vakillaridan biri Abdurashid Nurmurodov ijodida urush mavzusining badiiy aks etishi tahlil qilinadi. Muallif Nurmurodov asarlarida urush faqat tarixiy hodisa emas, balki chuqur ijtimoiy-ruhiy fojia sifatida yoritilishini ko‘rsatadi. Asosiy e’tibor urush ishtirokchilarining ichki kechinmalari, jamiyatdan begonalashuvi, ruhiy jarohatlari orqali ochilgan badiiy tasvirga qaratilgan. “Qonli yo‘rgaklar” va “Qon hidi” kabi asarlar tahlili orqali yozuvchining psixologik realizmga xos uslubi, simvolika, ichki monolog, kontrast kabi badiiy vositalardan foydalanishi yoritiladi. Nurmurodov urushni milliy qadriyatlar sinov maydoni sifatida tasvirlab, o‘zining chuqur ijtimoiy va falsafiy qarashlarini aks ettiradi. Maqola adabiyot, tarix, ruhshunoslik va sotsiologiya kesishmasidagi yondashuvlar orqali yozuvchining ijodiy uslubini tahlil qilishga bag‘ishlangan.

Downloads

Published

2026-10-13