Faxriyorning she’riy tarjimalari
Keywords:
barmoq vazn, erkin vazn, sonet, sarbast, dengiz, ritm, badiiy g‘oya, ohang, poeziya.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan ijodkor Faxriyorning she’riy tarjimalari tadqiq etilgan. Ijodkor Edgar Allan Po (AQSh), Pablo Neruda (Chili), Maris Chaklays (Latviya), Kristofer Merrill (AQSh), Atanas Ganchev de Treysi (Fransiya) kabi shoirlar ijodidan tarjimalar qilgan. Ushbu tarjimalar janr va mavzu ko‘lamiga ko‘ra rang-barangdir. Tarjimalar, asosan, erkin vaznda, ba’zan esa barmoq vaznida ekanligi kuzatiladi. Ularning mavzusi goh ishq-muhabbat, insoniy tuyg‘ular haqida bo‘lsa, gohida esa ijtimoiy-falsafiy xarakter kasb etadi. Maqolada tarjima she’rlarning poetik xususiyatlari, jumladan, badiiy tasvir vositalari, mavzu ko‘lami, janr xususiyatlari, qofiyalanish tizimi tahlilga tortilgan. Tarjimalar orasida sonet va sarbast janridagi she’rlar alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan shu janrlar Faxriyorning o‘z ijodida ham boshqa janrlarga qaraganda ko‘proq salmoqqa ega.