Muhsiniy she’riyatida qo‘llangan ma’naviy san’atlarning ijodkor g‘oyaviy niyatini ochishdagi o‘rni
Keywords:
she’riy asarlar, ma’naviy san’atlar, g‘azal, bayt, ifoda, mazmun va shakl, ijodkor g‘oyasi, poetik mahorat.Abstract
Ushbu maqolada 1860-1917-yillarda Qo‘qonda yashab ijod etgan, sohibidevon shoir, xattot va tarjimon sifatida o‘zidan salmoqli adabiy meros qoldirgan Husaynquli Muhsiniy she’rlari tahlil etilgan. Muhsiniy zullisonayn ijodkor bo‘lib, o‘zbek va fors-tojik tillarida she’rlar yozib qoldirgan. Shuningdek, maqolada Muhsiniy she’riyatida qo‘llangan ma’naviy san’atlarning ijodkor badiiy g‘oyasini ifodalashi haqidagi fikr va mulozalar bayon qilingan.
Shoirning badiiy salohiyati g‘azal, muxammas, masnaviy, tarje’band, ta’rix va ruboiy kabi mumtoz she’riy janrlarda yozgan asarlarida yaqqol ko‘rinadi. Muhsiniy nazmiy asarlarda fikr va tuyg‘ularini ta’sirli, obrazli hamda ohangdor shaklda ifodalash maqsadida badiiy san’atlarni qo‘llaydi. Shoir o‘zining badiiy niyati va g‘oyasini ifodalash uchun ma’naviy san’atlardan foydalanadi. Ijodkor tashbeh, istiora, tamsil, talmeh, kalomi jomi’, tarji’, irsoli masal, tanosib kabi ma’naviy san’atlar qo‘llash orqali she’rlarining mazmunan teran, obrazlarning yorqin, ta’sirli bo‘lishiga erishadi. Binobarin, badiiy san’atlardan foydalanish she’rlar shaklini ziynatlash barobarida qisqa so‘z orqali keng ma’noni ifodalashga ham xizmat qilgan. Shuningdek, ma’naviy san’atlarga misollar topilib, Muhsiniynig poetik ifodalar yaratish mahorati tahlillar asosida ochib berildi.