Alisher Navoiy ijodida Yusuf (a.s.) obrazi
Keywords:
Alisher Navoiy, Yusuf qissasi, tasavvufiy talqin, estetik obraz, Yusuf va Zulayho, ko‘ylak motivi, tush ta’biri, Yaqub siymosi, islomiy manbalar, ramziy ifoda, shoir va diniy qahramonlar munosabati.Abstract
Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodida Yusuf alayhissalom siymosining badiiy talqini o‘rganiladi. Garchi Navoiy “Yusuf va Zulayho” qissasini mustaqil asar sifatida yozmagan bo‘lsa-da, uning nasriy va she’riy asarlarida bu qahramonga oid ishoralar, ramziy obrazlar va tasavvufiyestetik yondashuvlar keng uchraydi. Maqolada “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Nasoyim ul-muhabbat”, “Majolis un-nafois” kabi manbalar asosida Yusuf siymosining qanday semantik yuklama va falsafiy ma’noga ega ekani tahlil qilinadi. Shuningdek, shoirning g‘azallarida Yusuf va Yaqub obrazlari qanday ramziy o‘rin tutgani, Yusuf ko‘ylagi va tush ta’biri motivlarining qanday badiiy ishlangani o‘rganiladi. Navoiy Yusuf obrazini ilohiy go‘zallik, sabr, fidoyilik va ruhiy komillik timsoli sifatida talqin etib, uni o‘z poetik tafakkurining markaziy qahramonlaridan biriga aylantiradi. Tadqiqot davomida Navoiy ijodining diniy, estetik va ijtimoiy-siyosiy qatlamlari o‘zaro bog‘liq holda yoritiladi.