Orifona g‘azallarda nafs tarbiyasi

Authors

  • Aziza Almardonova

Keywords:

orifona g‘azal, ilohiy ishq, tasavvuf, nafs, dunyo arusi, nafs iti, dayr.

Abstract

G‘azallar mavzu dorasiga ko‘ra tasniflanganda, orifona g‘azallar o‘zida irfoniy, falsafiy mazmunni ifoda etishi bilan alohida ahamiyatga kasb etadi. Mumtoz adabiyotimiz tarixida orifona g‘azallar ma’naviy yetuklik, ruhiy kamolot va ilohiy ishqni badiiy ifoda etib keladi. Turkiy adabiyotning buyuk siymosi Alisher Navoiy ijodida orifona g‘azallar inson qalbining tubtubidagi nozik ma’nolarni, sof tuyg‘ularni, ilohiy muhabbatni ochib berishi bilan diqqatga sazovor. Ularda insonning ichki olami, olamda o‘zini idrok etishi, chegaralay bilishi, ma’naviy yetuklik masalalari targ‘ib qilinadi.
Mazkur tadqiqotda Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kiritilgan orifona g‘azallar tahlilga tortilgan. G‘azallar mavzusi, g‘oya va obrazlar tizimi misollar asosida yoritilgan. Baytlar tarkibida uchragan tasavvufiy istilohlar va ramziy ma’noga ega bo‘lgan obrazlar alohida tavsif qilingan.

Downloads

Published

2026-10-12