Sa’dulla Siyoyevning “Shaybonixon” obrazini yaratishda badiiy mahorat
Keywords:
badiiy mahorat, tarixiy kontekst, o‘zbek adabiyoti, insoniy fazilatlar, tasvirlash uslubi, siyosiy mahorat, tarixiy shaxslar.Abstract
Ushbu maqola Sa’dulla Siyoyevning “Dashti qipchoq lochini yoxud Muhammad Shayboniyxon” qissasidagi Shayboniyxon obrazini yaratishda adibning badiiy mahoratini tahlil qiladi. Maqola Siyoyevning tarixiy kontekstni chuqur tushunishi, xarakterlarni ochib berish qobiliyati va badiiy tasvirlar orqali o‘quvchini voqealarga jalb etish uslublarini ko‘rib chiqadi. Shayboniyxon O‘rta Osiyo tarixidagi muhim figura sifatida yodga olinadi. Uning kuchli hukmdor sifatida ko‘rsatilishi, uning ichki kechinmalari va qarorlarining oqibatlari ochiqlanadi. Ushbu tahlil orqali maqola, o‘quvchilarga Shayboniyxon obrazining murakkabligini va Siyoyevning badiiy mahoratining ahamiyatini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Maqola o‘zbek adabiyotining boyligini va tarixiy shaxslar haqidagi badiiy asarlarning ahamiyatini namoyish etadi.