Badiiy asarda adabiy qahramon portretining o‘rni va ahamiyati
Keywords:
badiiy asar, inson, adabiy qahramon, portret, ichki kechinma, tashqi ta’sir, fe’l-atvor, kiyim-kechak, harakat-holat, zamon va makon, milliylik.Abstract
Badiiy asarda adabiy qahramon portreti alohida o‘rin tutadi. Chunki badiiy asarda qanday odam ob’ekt qilib olingani, uning jinsi, irqi, yoshi, ko‘rinishi, bo‘y-basti, kayfiyati qanaqa ekanligi avvalo personajning portreti tasvirida ko‘rinadi. Personajlar portreti janr imkoni doirasida gavdalantiriladi. Badiiy asarda asosiy adabiy qahramon portreti u diqqat qaratilgan voqealar jarayonida faol ishtirok qilgani bois boshqa personajlarnikidan ko‘ra kengroq tasvirlanadi. Ayonki, insonning qalbidagi holatlar, ruhiyatidagi o‘zgarishlar, albatta, uning qiyofasiga, yuz-ko‘ziga qalqib chiqadi. Shu bois badiiy asarda personajlar portretini tasvirlashda ana shu holat jiddiy e’tiborga oladi.
Mazkur maqolada adabiyot tarixida alohida o‘rin egallagan mashhur asarlardagi adabiy qahramonlar portreti tasviridagi o‘ziga xos jihatlar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.