Hikmatlarda odam va olam konsepsiyasi

Authors

  • Umida Rasulova

Keywords:

ishq, imon, inson, olam, ma’rifat, zakovat, so‘z.

Abstract

Dunyo tamadduniga munosib hissa qo‘shgan allomalar maslagi mahzanini ishq tashkil etadi. Ilohiy ishq ahli odamni ofiyatu hidoyatga sazovor aylaydi. Sakkiz asrdan buyon insoniyatni saodatga yetaklayotgan Jaloliddin Rumiy hikmatlari, falsafiy mulohazalari diniy, dunyoviy bilimlarni yanada boyitadi. Uning inson botini mohiyatiga e’tibor berishi, asl javhar imon halovatini his etishda ekanini uqtirishi e’tiborni tortadi. Ma’lumki, Qur’oni karim barcha ilmlarning mehvari sanaladi. U o‘z ichiga uch asosiy ahkomni jo aylagan. Allohning yagonalagi, payg‘ambarlar qissasi mohiyati, shar’iy hukmlar e’tirofi eslatiladi. Jaloliddin Rumiy “Ichindagi ichindadir” asarining asosini muqaddas kalom oyatlari , hadisi sharif tashkil qiladi. Asar tarkiban fasl va she’rdan iborat bo‘lib, mohiyatni sharhlash bosh muddao sanaladi. Ilm kishini ziynatlar ekan, olam ko‘pikka, avliyolar bilimi dengizga mengzaladi. Oxiratdan avval asl g‘oyaga, maslakka intiluvchi bandalar ishq ahllari bo‘lib, ular noyob ne’matdan bahramandligi sabab ajrga noil topiladi. Borliq hodisotlariga razm solib, nabotot, hayvonot, jamodot sinoatlarini uqish, fasl almashinuvidagi tizimu tartibotni anglab xulosa chiqariladi. Badiiy so‘zning ma’no miqyoslaridan unumli foydalanish asarda ishqni mukammal ta’riflashga, bosh muddaoni teran anglatishga imkon beradi.

Downloads

Published

2026-10-13