O‘zbek xalq maqollarida yetimlik motivi talqini
Keywords:
folklor janrlari, maqol janri, obraz, yetim bola obrazi, yetimlik motivi, yetimlik mavzusi, detal.Abstract
Xalq og‘zaki ijodi boy tarixiy merosga ega bo‘lib, maqollar ham bu merosning ma’lum bir qismini tashkil etadi. O‘zbek xalq maqollarida yetimlik motivi, yetim bola obrazi, yetimlik mavzusi tasvirlari keng qo‘llangan bo‘lib, bugungi kunda xalqimiz maishiy turmushda jonli muloqotda bunday maqollardan faol foydalanayotgani ham janrning tarixiy takomili natijasidir. O‘zbek folklorida yetimlik motivi va yetimlik mavzusining poetik ifodasi maqol janrida ham faol aks ettirilgan. Folklorda maqol janrida yetimlik mavzusining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy, maishiy, badiiy, tarixiy, psixologik omillar asos sifatida o‘rganiladi.
Tadqiqotning obyekti sifatida yetimlik mavzusiga oid ayrim o‘zbek xalq maqollari tanlab olingan. Tadqiqot mavzusini yoritishda tasniflash, tarixiy-qiyosiy, sotsiologik tahlil usullari faol qo‘llanilgan.