Muhammad Alining “Mangu quyosh” romanida obrazlar xilma-xilligi
Ключевые слова:
tarixiy roman, Alisher Navoiy, obraz, Bad’euljamol, Hadichabegim, temuriylar.Аннотация
Mustaqillik davri adabiyotida Navoiy yashagan tarixiy davr, adabiy muhitning haqqoniy tasviri, tarixiy shaxs tasviridagi talqin muammosini o‘rganish ehtiyoji tug‘ildi. Bu davr ko‘plab tarixiy shaxslar hayotiga oid mavzularni kengroq miqyoslarda mushohada qilish imkonini berdi.Xususan, bu davrda hazrat Alisher Navoiy hayoti va ijodiga e’tibor kuchaydi. Navoiy insonparvarlik g‘oyalari targ‘ibotchisi bo‘lish bilan birga, ularni hayotga tatbiq etishga intilgan faol va jasur inson edi.Binobarin, uning tengsiz shaxsiyati, o‘zi yaratgan asarlaridagi g‘oyalar bilan uyg‘unlashib shoirning hayotlik davridanoq tarixiy-badiiy asarlarning qahramoniga aylandi.Maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Alining “Mangu quyosh” nomli tarixiy romani va undagi obrazlarning Alisher Navoiy hayoti va siymosini gavdalantirishdagi o‘rni, shoir shaxsiyatiga ularning ta’siri haqida fikr yuritilgan. Maqolada Navoiyning onasi obrazi va uning barcha onalarga xos bo‘lgan xislatlari yoritilgan.Barcha kitobxonlar uchun qiziqarli bo‘lgan Alisher bilan Bad’euljamol sevgisi tarixi, buyuk muhabbati haqida so‘z borgan.Temuriylar davlatchiligida asosiy o‘rinni egallagan malikalardan biri Hadichabegim haqida, uning toj-taxtni qo‘lga kiritish yo‘lida olib borgan g‘arazli ishlari haqida fikr yuritilgan.