Qamchibek Kenja hikoyalarida ayol obrazi

Авторы

  • Oygul Matkurbanova

Ключевые слова:

inson, xarakter, badiiy asar, portret, badiiy obraz, talqin, syujet, yozuvchi mahorati, tasvir, badiiy ifoda.

Аннотация

Zamonaviy adabiyotning asosiy epik janrlaridan biri hikoyadir. O‘zbek adabiyotida ilk realistik hikoyalar Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon ijodi bilan bog‘liq bo‘lib, u o‘zining mazmun mohiyati bilan bir qator bosqichlarni bosib o‘tdi. Chunonchi, badiiy-estetik jihatdan sayqallandi, mavzu ko‘lami boyidi, yangicha ifoda yo‘sini, syujeti, kompozitsion jihatlari bilan takomillashdi.
Hikoyada siqiq jumlalar qatiga teran mazmun singdirilishi yozuvchidan bilim va mahoratni talab etadi. Avvalo, hikoyanavis ijtimoiyestetik qimmatga molik voqeani tanlay bilishi lozim. Shuningdek, hikoyalardagi voqealik asosiy maqsad sanalasa-da, voqealikni yorituvchi, uning mohiyatini anglatuvchi obrazlarning poetik vazifasi ham muhim hisoblanadi.
Qamchibek Kenja hikoyalari mundarijasiga e’tibor qaratsak, sadoqat, oriyat-hayo, poklik, iymon va nafs mavzulariga murojaat qilganining shohidi bo‘lamiz. Biz maqolamizda “Ayol” hamda “Yorug‘ yuzlar” hikoyalaridagi ona, yor, ayol obrazining tahliliga e’tibor qaratamiz. Yozuvchi hikoyalaridagi ayol obrazi hayotga yaqinligi, hayot haqiqatiga o‘xshashligi, hayot tabiatiga aynan mosligi va ishonarliligi bilan diqqatni tortadi. Mazkur maqolada ayol obrazining tasvirlanishida yozuvchi mahoratiga nazar tashlanadi. Ya’ni ayollarga xos ibo-hayo, sadoqat-vafo, andisha va oriyat kabi xususiyatlarning badiiy talqini ochib beriladi.

Загрузки

Опубликован

2026-10-13

Выпуск

Раздел

ZAMONAVIY ADABIYOT MUAMMOLARI