Borxes ijodining falsafiy talqini

Авторы

  • Shalola Davletova

Ключевые слова:

Xorxe Luis Borxes, Funesning mo‘jizaviy xotirasi, Tarmoqlangan so‘qmoqlar bog‘i, haqiqat, vaqt, xotira, tanlov, erkin iroda, determinizm, nisbiylik, falsafiy tafakkur, ko‘plikdagi haqiqatlar, kvant mexanika, vaqtning nisbiyligi.

Аннотация

Xorxe Luis Borxes XX asrning eng mashhur yozuvchilaridan biri bo‘lib, o‘z asarlarida inson tafakkurining murakkabligini, haqiqatning nisbiyligini va vaqtning cheksiz xususiyatlarini o‘rganadi. Uning “Funesning mo‘jizaviy xotirasi” va “Tarmoqlangan so‘qmoqlar bog‘i” kabi hikoyalari nafaqat badiiy adabiyot, balki falsafiy tafakkurning ham yuksak namunalaridir. Borxes bu asarlarda xotira, vaqt, tanlov va erkin iroda kabi fundamental tushunchalarni chuqur tahlil qilib, ular bilan bog‘liq cheklovlar va murakkabliklarni o‘rganadi. Uning hikoyalari, o‘quvchini inson tafakkuri va voqelikni qanday idrok etishimiz haqida mulohaza qilishga undaydi, shu bilan birga har bir qaror va tanlovning qanday ehtimoliy haqiqatlarga olib kelishini ko‘rsatadi.
Borxesning asarlari vaqtni va haqiqatni chiziqli yoki izchil tushunishga qarshi chiqib, ularni tarmoqlangan va ko‘p haqiqatli struktura sifatida tasvirlaydi. Bu o‘zgaruvchan haqiqatlar tizimi va tanlovlar, uning hikoyalarini nafaqat badiiy, balki falsafiy nuqtai nazardan ham katta ahamiyatga ega qiladi. Ushbu maqolada Borxesning “Funesning mo‘jizaviy xotirasi” va “Tarmoqlangan so‘qmoqlar bog‘i” hikoyalari tahlil qilinadi va bu asarlarda keltirilgan asosiysi falsafiy g‘oyalar va haqiqatlarning nisbiyligi, tanlovning kuchi, erkin iroda va deterministik hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar muhokama qilinadi. Borxesning bu asarlari o‘quvchiga inson tafakkurining tabiati va uning cheklovlari haqida yangi va chuqur fikrlarni taqdim etadi.

Загрузки

Опубликован

2026-10-13

Выпуск

Раздел

ZAMONAVIY ADABIYOT MUAMMOLARI