Biografik metodning badiiy asarni o‘rganishdagi imkoniyati

Авторы

  • Muharram Ibodullayeva

Ключевые слова:

Biografik metod, ijodkor “men”i, psixobiografiya, badiiy tahlil, ruhiy tahlil, badiiy tafakkur, biografik roman.

Аннотация

Biografik metod badiiy asarning mazmunini ochishda, muallif psixologiyasini tushunishda, badiiy ijodni uning muallifi bilan bog‘lab o‘rganishda samarali natija berishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu metod adabiyotshunoslikda alohida o‘rganilishi zarur bo‘lgan ilmiy tadqiqot usullaridan biri hisoblanib, badiiy ijod muallifining “men”i orqali badiiy asar ichiga kirib boradi. Biografik metod faqatgina ijodkorning tug‘ilgan yili, sanasi, joyi haqidagi sodda ma’lumotlar bilan cheklanib qolmaydigan keng qamrovli tadqiqot usulidir. Ta’riflanayotgan ushbu metod badiiy asar va uning muallifini juft tarzda o‘rganadigan tahlil usuli sanaladi. O‘zbek adabiyotida biografik metodda tekshirish zarur bo‘lgan ko‘plab badiiy asarlar yaratilgan. O‘zbek she’riyatining zabardast vakili Mirtemir she’riyati ana shunday biografik metod orqali o‘rganishni taqozo etadigan ijod sirasiga kiradi.
Mazkur maqolada adabiyotshunos olim Naim Karimovning “Mirtemir” ma’rifiy biografik romani ham manba sifatida tahlilga tortildi.

Загрузки

Опубликован

2026-10-13

Выпуск

Раздел

ZAMONAVIY ADABIYOT MUAMMOLARI