Том 2 № 02 (2025): O'zbekiston: til va madaniyat - Adabiyotshunoslik

					Показать Том 2 № 02 (2025): O'zbekiston: til va madaniyat - Adabiyotshunoslik

“Adabiyotshunoslik” – “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnalining
adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi seriyasi bo‘lib, yilda to‘rt marta nashr
etiladi.
Jurnalning “Adabiyotshunoslik” seriyasida o‘zbek va jahon
adabiyoti tarixi, xalq og‘zaki ijodi, adabiyot nazariyasi, o‘zbek mumtoz
adabiyotining qo‘lyozma manbalari va matnshunoslik muammolari,
jadidchilik va jadid adabiyoti, zamonaviy adabiy jarayon, adabiy tanqid
hamda qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi eng yangi tadqiqotlar
e’lon qilinadi. O‘zbek va jahon adabiyotshunosligi erishgan so‘nggi
yutuqlari aks etgan ilmiy maqolalarni nashr etishga alohida diqqat
qaratiladi. Maqolalarning ilmiy saviyasi va tahliliy quvvati yuqori
bo‘lishiga e’tibor beriladi.
“Adabiyotshunoslik” seriyasida O‘zbekiston va xorijiy
davlatlarning e’tirof etilgan atoqli olimlari, oliy o‘quv yurtlari
professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda
magistrantlarning ilmiy maqolalari nashr etiladi.
“Adabiyotshunoslik” seriyasi 2022-yil yanvar oyidan chiqa
boshlagan.

Опубликован: 2026-09-16